Sun’iy intellekt bilan suhbatlashish badali yarim litr suv

  • 0
  • 17.04.2025 15:05:00
  • 1 daq o'qish

Sun’iy intellektdan har kuni milliardlab savollar so‘raladi, ammo ko‘pchiligimiz bilmagan haqiqat bor. Bu raqamli qulaylik uchun ekologik badal to‘lanmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, sun’iy intellektga berilgan har 50 ta savol taxminan yarim litr suv iste’moliga olib keladi.

Sun’iy intellekt modellari ishlayotgan paytda fonda katta ma’lumotlar markazlari ishlaydi. Ushbu markazlar yuqori ishlov berish quvvatiga bo‘lgan talablarni qondirish bilan birga katta miqdorda issiqlik hosil qiladi. Tizimning haddan tashqari qizib ketishining oldini olish va uskunani sovutishning eng keng tarqalgan usullaridan biri suvga asoslangan sovutish tizimlaridir. 
Texnologiya gigantlari yanada barqaror yechimlarni ishlab chiqishga intilayotgan bo‘lsa-da, suv sarfini nolga tushiradigan tizim hali mavjud emas.

Har safar sun’iy intellekt bilan suhbatlashayotganingizda bu ma’lumotni eslang, zero suv —  hayot manbai. Siz sun’iy intellektga kuniga nechta savol berasiz?✍️
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News