
- 5
- 20.01.2025 15:32:00
- 1 daq o'qish
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi direktor o‘rinbosari Sher Abbos Stanikzay ayollar va qizlarning ta’lim olishini taqiqlashga hech qanday sabab yo‘qligini aytib, ushbu taqiqlarni bekor qilishga chaqirdi. “Biz yana rahbariyatni ta’lim eshiklarini ochishga chaqiramiz. 40 million aholining 20 million nafarini barcha huquqlaridan mahrum etib, ularga nisbatan adolatsizlik qilmoqdamiz. Bu islom qonunlariga ko‘ra emas, balki bizning shaxsiy tanlovimiz yoki tabiatimiz natijasi”, dedi Stanikzay.
“Tolibon” yetakchisi qizlarga oltinchi sinfdan keyin ta’lim olishni taqiqlagan. O‘tgan yilning sentyabr oyida esa hukumat ayollar uchun tibbiy ta’lim va kurslarni ham to‘xtatgan.