“Tolibon” amaldorlarga telefon ishlatishni taqiqladi

“Tolibon” amaldorlarga telefon ishlatishni taqiqladi
  • 0
  • 09.06.2026 14:58:00
  • 1 daq o'qish

Afg‘onistonda “Tolibon” rahbari Haybatulloh Oxunzoda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanishni taqiqlash haqida buyruq berdi. Qarorga ko‘ra, taqiqni buzganlar harbiy sud oldida javob beradi, ammo aniq jazo turlari hozircha oshkor qilinmagan.
Nazoratni harbiy sud xodimlari amalga oshiradi. Shu bilan birga, qaysi lavozim va hududlar qamrab olinishi, shuningdek aloqa operatorlari va raqamlar ro‘yxati tuzilgani ma’lum qilingan.
So‘nggi kunlarda Afg‘onistonda maktab va madrasalarda ham smartfonlardan foydalanish taqiqlangan edi. Oliy ta’lim vaziri smartfonlarni “musulmonlarning eng asosiy uchta dushmanidan biri”, deb atagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News