
- 0
- 12.05.2025 12:03:00
- 1 daq o'qish
“Tolibon” Afg‘onistonda shaxmat o‘yinini rasmiy ravishda taqiqladi va mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga farmon berdi.
9-may kuni afg‘on shaxmatchilari sport idorasiga murojaat qilib, shaxmatga ruxsat va moliyaviy yordam so‘rashdi. Biroq amir farmoniga ko‘ra, shaxmat “harom” deb topilib, barcha faoliyat to‘xtatildi. Bu qaror Ezgu ishlarni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan.
Bu shaxmatga qarshi ilk cheklov emas: 1996–2001-yillardagi “Tolibon” boshqaruvi davrida ham shaxmat, musiqa, televideniye va internet kabi mashg‘ulotlar taqiqlangandi. Ular bu faoliyatlar diniy majburiyatlardan chalg‘itadi, deb hisoblashgan.