- 15
- 18.04.2024 14:16:00
- 1 daq o'qish
Bugun bizda iftorlik uchun tayyorlasangiz bo‘ladigan Tojikcha qurtob retsepti😍
🥩Masalliqlar:
Pomidor 2 dona;
Bodring 2 dona;
Piyoz 2 dona;
Patir 1 dona;
Suzma 300 gr;
Sariyog‘ 250 gr;
Go‘sht 300 gr;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Go‘sht, pomidor, bodring va piyozni maydalab to‘g‘rab olamiz.
Tovaga yog‘ solib, go‘sht va piyozni pishirib olamiz.
Pomidor, bodring va piyozga tuz solib, yaxshilab aralashtirib qo‘yamiz.
Katta chuqurroq idishga suzma solib, ustidan patirni bo‘laklarga bo‘lib solamiz.
Ustidan salatni solamiz, uning ustidan qovurilgan go‘shtni solamiz.
Yanada mazali chiqishi uchun, sariyog‘ni eritib, taomning ustidan quyib chiqamiz.
Yoqimli ishtaha😋