
- 8
- 26.09.2026 11:37:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
🥩 500 gr mol go‘shti qiymasi
🧅 1 dona piyoz
🍅 2 dona pomidor
🫑 1 dona qizil bulg‘or qalampiri
🫑 1 dona sariq bulg‘or qalampiri
🧂 biroz tuz
⚫️ qora murch
🌶 qizil qalampir
🧄 sarimsoq kukuni
🧅 piyoz kukuni va universal ziravor
🌮 taco tortillalari
🧀 Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq (ixtiyoriy)
Tayyorlanishi:
Birnchi piyoz, pomidor va bulg‘or qalampirini maydalab to‘g‘rab oling. Keyin tovada mol go‘shti qiymasini qovuring va tuz, qora murch, paprika, sarimsoq kukuni, piyoz kukuni hamda universal ziravorlarni qo‘shing. Piyozni solib, yumshaguncha qovuring. So‘ng, bulg‘or qalampiri va pomidorni qo‘shib, yana bir necha daqiqa pishiring.
Tayyor bo‘lgan go‘shtli masalliqni taco tortillalariga soling. Xohishga ko‘ra, ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing va 20 daqiqaga pechda pishirib oling. Mazali, to‘yimli va oson tayyorlanadigan "tacos" taomimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🤩