
- 1
- 19.04.2025 10:27:00
- 1 daq o'qish
Sirdaryoda davlat idoralari rahbarlarining savodxonlik darajasi tekshiruvdan o‘tkazilganda, ko‘pchilik qoniqarsiz baho oldi. Viloyat hokimligi ishchi guruhi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish bo‘yicha hukumat qarori ijrosi ta’minlanmaganini aniqladi. Sog‘liqni saqlash, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘ztelekom” va “O‘zbekiston pochtasi” kabi tashkilotlar xodimlarining savodxonligi pastligi aniqlandi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov kamchiliklarni bartaraf etish, xodimlarning savodxonligini oshirish va lotin yozuviga o‘tishni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish to‘liq joriy etilgan.