Surxondaryo viloyati paxta “planini” birinchi bo‘lib bajardi

Surxondaryo viloyati paxta “planini” birinchi bo‘lib bajardi
  • 8
  • 02.10.2023 10:15:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryo viloyati paxtakorlari O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 2023-yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardi.

Qayd etilishicha, viloyatdagi qabul punktlariga 268 ming tonnadan ziyod xomashyo topshirilgan. 2023-yilda viloyatda 12 ta paxtachilik–to‘qimachilik klasteri va 2 096 fermer xo‘jaligi 72 ming 270 gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar “Buxoro-102”, “Buxoro-108”, “Buxoro-110”, “Namangan-77”, “Sulton” kabi ertapishar va “Termiz-202”, “SP-1607”, “ST-1651” singari ingichka tolali g‘o‘za navlarini parvarishlagan.

Paxta yig‘im–terimini uyushqoqlik bilan amalga oshirish uchun 1 529 ta otryad tuzilib, 167 ming nafardan ziyod terimchi, 1 180 ta traktor va 1 983 ta tirkama jalb etilgan. Shartnomaviy reja 30 kunda ortig‘i bilan uddalangan.

Tadbirda ilg‘or sektorlar, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, yig‘im-terim mavsumida faol ishtirok etgan mutasaddilarga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirilgan.

Avvalroq Surxondaryo viloyatida paxta rejasini birinchilardan bo‘lib bajargan fermerga avtomobil sovg‘a qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News