
- 1
- 30.05.2025 08:08:00
- 1 daq o'qish
Tailand, Xitoy va Singapurda COVID-19 holatlari keskin ko‘paymoqda. Shu sababli Osiyoning ba’zi mamlakatlari hukumati aholini COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payishi sababli yana niqob taqishga chaqirdi.
Tailandda yanvardan maygacha 187 mingdan ortiq holat, 46 ta o‘lim qayd etilgan. Songkran bayrami virus tarqalishiga sabab bo‘lgan. Xitoyda aprel oyida 168 mingdan ortiq holat, 340 og‘ir bemor va 9 o‘lim holati aniqlangan. Testlarning 15,8 foizi ijobiy chiqqan. Singapurda esa bir haftada 14 200 ta holat aniqlangan, kasalxonaga yotqizish ko‘rsatkichlari oshgan.
Xitoylik COVID-19 mutaxassisi Chjun Nanshan Xitoyda eng faol aylanib yuradigan XDV shtammi ekanligini aytgan. Virusologning ta’kidlashicha, olimlar koronavirusning o‘zgaruvchanligidan charchagan. Chjun yuqori xavfli odamlarni, ayniqsa 65 va undan katta yoshdagi odamlarni yanada jiddiy himoya choralarini ko‘rishga chaqirgan.