Fransiyada 299 bolani zo‘rlagan jarroh 20 yilga qamaldi

Fransiyada 299 bolani zo‘rlagan jarroh 20 yilga qamaldi
  • 2
  • 30.05.2025 08:05:00
  • 1 daq o'qish

 

Fransiyada 74 yoshli sobiq jarroh Joel Le Skuarnek 1989–2014-yillarda 299 nafar bolaga jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topilib, 20 yilga qamaldi. Erkak 1989-yildan 2014-yilgacha pedofillik qilib, o‘ttiz yilga yaqin vaqt davomida 158 nafar o‘g‘il va 141 nafar qizni zo‘rlagan. Jabrlanuvchilarning yoshi o‘rtacha 11 da bo‘lgan. Pedofil jarroh bolalarni kasalxonada yolg‘iz va ba’zilarini hushsiz paytida zo‘rlagan.
U 2020-yildan beri to‘rt nafar bolani, jumladan, ikki nafar jiyanini zo‘rlagani uchun qamoqda jazo o‘tamoqda. Unga bu qilmishi uchun 15 yil qamoq jazosi berilgandi. Sudning yangi hukmi bilan erkak 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Bu ish Fransiya tarixidagi eng yirik bolalarga qarshi zo‘ravonlik ishi sifatida qayd etildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News