
- 6
- 28.10.2023 12:15:00
- 1 daq o'qish
Senatorlar Surayyo Rahmonovani O‘zbekiston bolalar ombudsmani lavozimiga sayladi. Uning nomzodi prezident tomonidan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlagandi.
Oliy Majlis Senatining 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) lavozimiga saylash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi, deb xabar berdi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.
Senatorlar ushbu lavozimga prezident tomonidan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan 10-oktabr kuni tasdiqlagan Surayyo Mahmudovna Rahmonova nomzodini ma’qulladi.
Huquqshunos Surayyo Rahmonova bunga qadar Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, so‘ng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, Senatda ishlagan.