Yumshoqqina bulochka😍

Yumshoqqina bulochka😍
  • 5
  • 29.07.2026 11:46:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
500 gr un
300 ml sut
80 ml o‘simlik yog‘i
11 gr quruq xamirturush
20 gr shakar
12 gr tuz
1 dona tuxum oqi

Tayyorlanishi:
Barcha masalliqlar idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Oxirida, un qo‘shilib, yumshoqqina xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir 3-4 soat oshirib olinadi. Yaxshi oshgandan so‘ng, bo‘laklarga bo‘linib, dumaloq shaklda yoyiladi. Yoyilgan xamir ustiga nutella shokoladli pastasi surtilib, xamir buklanadi. So‘ng, hohishga qarab, bulochkalar turli shaklda bukiladi. Oxirida, bulochkalar ustiga tuxum sarig‘I surtilib, 175°C da 20 daqiqaga pishirib olinadi. Mazali, yumshoqqina bulochkalarimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha❤️

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News