
- 6
- 02.07.2024 17:07:00
- 1 daq o'qish
China Mobile kompaniyasi o‘zining CC2560A “super SIM-karta” sini e’lon qildi, bu RISC-V o‘rnatilgan dunyodagi birinchi SIM kartadir. CC2560A aloqa sifati va internet tezligini yaxshilaydigan 32 bitli protsessor bilan jihozlangan bo‘lib, uning flesh-xotirasi oddiy SIM-kartalarnikidan 10 barobar katta ya’ni uning hajmi 2,5 MB.
Super SIM-karta apparat shifrlash texnologiyalari, 5G va 5,5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek -40 ℃ dan +85 ℃ gacha bo‘lgan haroratlarda ishlaydi.