
- 22
- 13.11.2026 17:03:00
- 1 daq o'qish
Jeyms Bond filmlaridagi mashhur Aston Martin DB5 avtomobilining maxsus texnologiyalari namoyish etildi.
Videoda qayta tiklangan avtomobilning kinolarda ko‘rsatilgan josuslik qurilmalari bilan jihozlanganini ko‘rish mumkin.
Mashinaning eng qiziqarli imkoniyatlari:
🔹 Aylanuvchi davlat raqamlari — maxsus mexanizm yordamida raqam belgilarini almashtirish mumkin.
🔹 Yashirin pulemyotlar — avtomobilning oldingi burilish chiroqlari ortiga o‘rnatilgan.
🔹 O‘q o‘tkazmaydigan qalqon — orqa tomondan keladigan hujumlardan himoyalanish uchun mo‘ljallangan.
🔹 Tutun va moy purkash tizimi — ta’qibchilarning harakatini qiyinlashtirishga xizmat qiladi.
🔹 Yashirin telefon — avtomobil eshigi ichiga joylashtirilgan.
🔹 Yo‘lovchini chiqarib yuboruvchi o‘rindiq — uzatmalar dastagidagi yashirin qizil tugma orqali ishga tushiriladigan kino mexanizmi.
Aston Martin DB5 nafaqat avtomobilsozlik tarixining durdonasi, balki kino olamidagi eng mashhur texnologik avtomobillardan biri hisoblanadi.
Sizga ushbu avtomobilning qaysi qurilmasi ko‘proq yoqdi?