
- 5
- 06.09.2023 09:37:00
- 1 daq o'qish
2023/2024-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi.
Unda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrga qadar 100 to‘lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘lovlar 2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun hisoblangan.
Manba: Xabar.uz