Toshkentda yakshanba kuni jamoat transporti harakati soat 05:00 dan boshlanadi

Toshkentda yakshanba kuni jamoat transporti harakati soat 05:00 dan boshlanadi
  • 6
  • 08.07.2023 13:43:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida 9-iyul, yakshanba kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan avtobus yo‘nalishlari o‘z harakatini ish kunlari bo‘yicha tasdiqlangan vaqtda boshlaydi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 9-iyul kuni poytaxtda avtobuslar harakati soat 05:00 dan boshlanadi.

Toshkent metropoliteni esa yakshanba kuni Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtirilishini bildirdi.

Transport vazirligiga ko‘ra, Toshkentda yangi katta va o‘ta katta sig‘imli avtobus va elektrobuslar harakatlanishni boshlagani sabab jamoat transportidan foydalanuvchilar soni oshgan. Yo‘lovchi tashuvlari 2023-yil may oyida kunlik 782 ming nafar yo‘lovchini tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 478 ming nafarni tashkil etgandi (o‘sish 63 foiz).

 

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News