
- 8
- 08.04.2024 15:18:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan boshlab xorijda ishlab qaytgan shaxslarni ishga olgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi.
Xorijda ishlab qaytgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to‘lash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
xorijiy tillar va kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda BHMning 3 baravarigacha;
“Ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun BHMning 5 baravarigacha;
Yo‘l chiptasi uchun BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to‘lanadi.
Subsidiya budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga to‘lanmaydi.