
- 3
- 11.01.2025 14:05:00
- 1 daq o'qish
Kurskda qora niqobda bolg‘a bilan qurollangan 16 yoshli o‘smir maktab eshigining oynasini sindirib, bostirib kirdi. O‘smir qo‘lga olingan. Uning sumkasida ikkita pichoq va yonilg‘i suyuqligi solingan shisha bo‘lgan. O‘quvchi dastlab maktabga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan, lekin fikrini o‘zgartirgan yoki qo‘rqib ketgan. U maktabdan qochib chiqib, yonuvchan suyuqlik solingan sumkani yo‘lga tashlab ketgan.
Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, hujum sodir etgan o‘smir bir kun avval mazkur maktabda o‘qiydigan yaxshi ko‘rgan qizi bilan urishib qolgan. Uning harakatlariga “javobsiz sevgi” sabab bo‘lgani aytilmoqda.
O‘smirga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.