Tayvanda yilning eng kuchli to‘foni

 Tayvanda yilning eng kuchli to‘foni
  • 0
  • 25.09.2025 07:56:00
  • 1 daq o'qish

Yilning eng kuchli to‘foni — “Ragasa” Tayvanda 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 124 nafar odam bedarak yo‘qoldi. 22-sentabr kuni Tayvanning Hualyen provinsiyasida ko‘l toshib, kuchli suv toshqini yuzaga kelgan. Superto‘fon hozirda Xitoy janubiy sohillariga yaqinlashgan. Gonkong va Shenjen shaharlarida shamol tezligi 168 km/soatga yetmoqda, to‘lqinlar esa 4 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Guandong provinsiyasidan 370 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda mehmonxona eshiklarini sindirib kirgan to‘lqin aks etgan videolar tarqalmoqda. Xitoy janubida bir milliondan ortiq odam xavfsiz hududlarga ko‘chirildi, 10 mingdan ortiq kema xavfsiz joylarga yo‘naltirildi, 38 mingdan ziyod yong‘in o‘chirish xodimi shay holatda turibdi. Mutaxassislar ogohlantirishicha, yaqin kunlarda “Ragasa” g‘arbga qarab Vyetnam va Kambodjaga yetib borishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News