Toshkentda kuchli shamol va chang bo‘roni xavfi 🌪

  • 0
  • 19.05.2025 09:37:00
  • 1 daq o'qish

 

Poytaxt osmonini g‘arbdan kirib kelayotgan chang massasi qoplamoqda. Shu sabab FVB aholiga kerakli tavsiyalarni berdi:
🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
🔹ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
🔹ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
🔹buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;

Shuningdek, aholidan avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik so‘raldi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News