
- 0
- 08.06.2026 11:07:00
- 1 daq o'qish
Filippinning janubida 7,8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3–8 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.
Mindanao orolida bir nechta binolar qulab tushgan. General Santos shahrida yer silkinishi vayronkor darajada sezilgan, Davao shahrida esa ta’lim muassasalari va ayrim ish jarayonlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Mutaxassislar sunami xavfi haqida ham ogohlantirib, to‘lqinlar odatdagidan bir metrdan ortiq baland bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirda hududlarda zarar ko‘lami baholanmoqda.