Fransiyadagi ko'chaga Samarqand nomi berildi

Fransiyadagi ko'chaga Samarqand nomi berildi
  • 4
  • 14.03.2025 08:51:00
  • 1 daq o'qish

Fransiyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev Parij shahri meri Ann Idalgo bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkent va Parij o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish va almashinuvlarni rivojlantirish masalalari, shuningdek, shaharsozlik, “yashil” hududlarni yaratish, jamoat transportini yaxshilash, va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tajriba almashish mavzulari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida esa Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berilishi munosabati bilan rasmiy marosim o‘tkazildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News