
- 0
- 03.06.2025 09:51:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta qizlar maktab o‘quvchi qizlarini do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi.Ma’lum qilinishicha, holat 29-aprel kuni Samarqanddagi 83-sonli umumta’lim maktabi hududida sodir bo‘lgan bo‘lib, 2007-yilda tug‘ilgan qiz sheriklari bilan maktabning 11-sinf o‘quvchilarini urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tengdoshlarini kaltaklagan 18 yoshli qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.