Janubiy Koreyada favqulodda holat

  • 2
  • 25.03.2025 08:58:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Yong‘in 21-mart kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan va boshqa hududlarga tarqalgan. Ma’lum qilinishicha, Ulsan metropoliyasi, Kyonsan-Pukto va Kyonsan-Namdo provinsiyalarida favqulodda holat e’lon qilingan. Yong‘in oqibatida o‘t o‘chirish xizmatining to‘rt nafar xodimi halok bo‘ldi. Olti kishi, jumladan, bir nafar mahalliy fuqaro jabrlangan. 1500 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan, 260 kishi uy-joyini yo‘qotib, vaqtinchalik yashash punktlariga joylashtirilgan. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarda temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar soni ortishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News