⚡️ 1-iyundan boshlab yo‘l ta’mirlash ishlari faqat kechasi bajariladi

⚡️ 1-iyundan boshlab yo‘l ta’mirlash ishlari faqat kechasi bajariladi
  • 0
  • 16.05.2025 14:50:00
  • 1 daq o'qish

 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shaharlarda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini chizish ishlari endi soat 07:00 dan 21:00 gacha taqiqlanadi. Dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan alohida holatlar bundan mustasno.
“Bu o‘zgarish fuqarolarning kundalik ishga borish-kelish, farzandini maktabga olib borish yoki shifoxonaga yetib olishni osonlashtirish bilan bir qatorda, tirbandliklar yuzaga kelishini oldini oladi”, – dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
📌 Shuningdek, 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima qo‘llanmaydi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News