⚡️ 11-iyuldan boshlab O‘zbekistonda IELTS imtihoni faqat kompyuterda topshiriladi

⚡️ 11-iyuldan boshlab O‘zbekistonda IELTS imtihoni faqat kompyuterda topshiriladi
  • 0
  • 08.07.2025 16:20:00
  • 1 daq o'qish

 

O‘zbekistonda IELTS imtihonini o‘tkazuvchi IDP (Edu-Action Centre) test markazining xabariga ko‘ra, 11-iyuldan boshlab O‘zbekistonda IELTS imtihoni endilikda faqat kompyuterda topshiriladi.
10-iyul sanasida o‘tkaziladigan imtihonlar — qog‘oz shakldagi testlar uchun so‘nggisi bo‘ladi. Bu o‘zgarish British Council, Cambridge Assessment va boshqa rasmiy hamkorlarga ham tegishli. Qaror test javoblarining oldindan tarqalishi bilan bog‘liq xavfsizlik sabablari asosida qabul qilingan.
Qog‘oz shaklida imtihonga ro‘yxatdan o‘tganlarga ikki variant taklif etiladi:

– kompyuter shaklidagi testga bepul o‘tish;
– to‘lovni to‘liq qaytarib olish.

Kompyuterda topshirilgan IELTS natijalari 1–5 ish kunida e’lon qilinadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News