- 4
- 25.03.2025 08:48:00
- 1 daq o'qish
АQSHning Kaliforniya shtati sudi uzoq tortishuvlardan soʼng Starbucks kompaniyasini kuryerga 50 mln dollar tovon tayinladi.
Bunga esa 2020-yilda kuryer Maykl Garsiya Starbucks xodimining xatosi sabab og‘ir kuyib, bir necha marta teri ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan kechirgani sabab bo‘lgan.
Garsiya avtokafe orqali buyurtma olgan paytda, Starbucks xodimi stakan qopqogʼini notoʼgʼri yopgan, natijada, ichimlik uning soniga toʼkilgan va ogʼir kuyish jarohati yetkazgan. Kuryer shifoxonaga yotqizilib, bir necha marta teri ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan kechirgan.