
- 7
- 30.07.2024 16:07:00
- 1 daq o'qish
SSV O‘zbekistonda bolalar ko‘proq kamqonlik va nafas yo‘llari kasalliklari bilan kasallanishini ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 1 iyuliga qadar 5,7 million maktab o‘quvchisi (96,5 foiz) va 1,3 million nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi (63,5 foiz) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshirilgan bolalarning 28,4 foizida qon va gematopoetik organlar kasalliklar va anemiya mavjud. Bolalarda nafas olish, ovqat hazm qilish va endokrin tizimlarning kasalliklari ham tez-tez uchraydi.