
- 6
- 22.09.2023 17:44:00
- 1 daq o'qish
Ushbu preparatni tarqatish va qo‘llash laboratoriya hisobotlari olinmaguncha to‘xtatiladi. Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Sog‘liqni saqlash vazirligining xatida ta’kidlanishicha, zaharlanishning mumkin bo‘lgan sababi SAMO tomonidan ishlab chiqarilgan kaliy yodid tabletkalarini ("Antistrumin") qabul qilish bo‘lgan.
Shu sababli, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu preparat bo‘yicha laboratoriya hisobotlari olinmaguncha kaliy yodid tabletkalarini (Antistrumin) tarqatishni vaqtincha to‘xtatishni buyurdi.
Manba: uznews.uz