Spark piyodalar yo‘lakchasidagi hindistonliklarni urib ketdi

Spark piyodalar yo‘lakchasidagi hindistonliklarni urib ketdi
  • 4
  • 14.10.2023 14:10:00
  • 1 daq o'qish

Mashina rulida bo‘lgan 18 yoshli haydovchi, mashinada xavfli tryuklar bajarish oqibatida boshqaruvni yoqotgan. Natijada piyodalar yo‘lakchasidagi 3 nafar hindiston fuqarosini urib ketgan. Jabrlanuvchilar kasalxonaga yotqizilgan. 

13 oktyabr soat taxminan 22:30 da Toshkentning Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Gazeta.uz'ning poytaxt IIBB tayanib yozishicha, 2005 yilda tug‘ilgan Sh.T. o‘z boshqaruvidagi Spark (davlat raqami 80 X 013 RA) avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar o‘tish joyida uch nafar piyodani urib ketgan.

Natijada piyodalar – P.X. (1983 y.t.), I.R. (1983 y.t.) va X.A. (1978 y.t.) tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News