
- 4
- 04.11.2024 09:50:00
- 1 daq o'qish
Ispaniyada suv toshqinidan keyin Valensiya shahriga kelgan qirol va qirolichaga shahar aholisi loy va tosh otdi. Aholi yetarli yordam ko‘rsatilmaganidan shikoyat qilmoqda.
Namoyishchilar “Qotillar!” deb hayqirib, qirol oilasidan shu vaqtgacha qayerda bo‘lganini va nega oldinroq kelmaganini so‘ragan. Politsiya vaziyatni nazoratga olish uchun otliq zobitlardan foydalangan. Mamlakatda tabiiy ofat qurbonlari 272 kishiga yetgan.