Janubiy Koreya prezidenti qamalishi mumkin

Janubiy Koreya prezidenti qamalishi mumkin
  • 4
  • 19.12.2024 13:25:00
  • 1 daq o'qish

🇰🇷 Vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasiga isyon ishi bo‘yicha so‘roqqa kelmadi. 
So‘roq 18-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanishi kerak bo‘lgan va bungacha chaqiruv qog‘ozlarini prezident vakillari va pochta orqali yuborish natija bermagan. Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi boshlig‘i chaqiruv qog‘ozlari ataylab qabul qilinmagani, huquqni muhofaza qilish organlari qonuniy choralar ko‘rishini aytdi va  hozirda prezidentni hibsga olish uchun order talab qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, mamlakatda birinchi xonimga nisbatan tergovga ruxsat berilgan.

Janubiy Koreya parlamenti 14-dekabr kuni prezident Yun Sok Yolga 3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etgani sababli impichment uchun ovoz berdi. Yun Sok Yol lavozimidan chetlatilgan, biroq u Konstitutsiyaviy sud qarorini qabul qilgunga qadar prezident lavozimida qoladi. Yun Sok Yolga mamlakatdan chiqish taqiqlangan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News