
- 0
- 11.07.2025 12:29:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreya Prezidenti Li Che Myon Pxenyan bilan buzilgan aloqalarni tiklashga chaqirdi. Bu haqda u o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng ilk bor raislik qilgan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida bayonot berdi.
“Koreyalararo tinchlik — milliy xavfsizligimizni ta’minlashning eng real va amaliy yo‘lidir”, — dedi Prezident Li.
U Shimoliy Koreya bilan barqaror va uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zgaruvchan xalqaro vaziyatda harbiy-siyosiy xavflarning oldini olish uchun Shimol bilan bog‘liq masalalarni keng muhokama qilishga chaqirdi.
Li Che Myon yarimorol barqarorligi uchun muloqot, ishonch va birga yashash tamoyillarini ilgari surishini bildirdi.