Janubiy Koreya Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin

Janubiy Koreya Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin
  • 9
  • 22.10.2024 10:44:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Koreya hukumati va harbiylari Ukrainaga KXDR bo‘yicha ixtisoslashgan razvedkachilarni yuborish rejasini ko‘rib chiqmoqda. Agar Shimoliy Koreya askarlari Ukraina qo‘shinlari tomonidan asirga olinsa, Ukrainadagi Janubiy Koreya xodimlari so‘roq o‘tkazadi yoki tarjima qiladi. Shuningdek, xodimlar Kiyevga Shimoliy Koreyaning harbiy taktikasi, doktrinasi va operatsiyalari haqida ma’lumot beradi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish choralarini ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan. Shu paytgacha Seul Kiyevga faqat gumanitar yordam ko‘rsatib kelayotgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News