
- 4
- 16.12.2024 14:09:00
- 1 daq o'qish
13-dekabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanida o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Aniqlanishicha, 50 yoshli erkak mast holatda uyiga kelib, 22 yoshli o‘g‘li bilan tortishgan va hech bir sababsiz uni urib, do‘pposlagan. Otasi tomonidan doʻpposlangan o‘g‘il, ruhiy hayajonda oshxona pichogʻi bilan otasining qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan va ota olgan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.