
- 2
- 28.06.2024 10:32:00
- 1 daq o'qish
Imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qoʻshimcha ravishda oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining sinf xonalarini taʼlim jarayonidan boʻsh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy oʻquv markazlariga berishga ruxsat etiladi.
Bunda tegishli umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.