
- 5
- 31.08.2023 07:36:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda bugun, 31- avgust kuni "Shaxidlar xotirasi maydoni"da tadbir o'tkazilishi munosabati bilan, Amir Temur ko'chasining Bog'ishamol ko‘chasidan Shaxriston ko‘chasigacha bo'lgan qismi yopiladi.
Transport vazirligi xabariga ko'ra, shu sababli, mazkur ko'chalardan harakatlanuvchi 97, 150, 24, 50, 51, 63, 91, 93, 95, 140, 67-sonli avtobus yo'nalishlarining harakati chizmada ko'rsatilgan ko'chalar orqali tashkil etiladi.
Manba: Uzreport.news