Toshkentdagi ba'zi ko‘chalar avtomobil qatnovi uchun vaqtinchalik yopiladi

Toshkentdagi ba'zi ko‘chalar avtomobil qatnovi uchun vaqtinchalik yopiladi
  • 6
  • 10.10.2023 07:53:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentning Yashnobod tumanida tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari yo‘l qatnovining maʼlum qismi yopilgan holda o‘tkaziladi. 

Qayd etilishicha, 10-oktyabrdan 30-oktyabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida quyidagi ko‘chalar bo‘ylab avtomobil yo‘l qatnovining maʼlum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlarini olib boradi:

  • Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha — diametri 600 millimetr va uzunligi 60 metr quvurlar almashtiriladi.

“Avtomobil qatnov yo‘li Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi. Mazkur ishlar issiq suv taʼminoti isteʼmolchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va belgilangan muddatlarda rejalashtirilgan ishlarni tizimli bajarish uchun o‘z tomonidan barcha zarur choralarni ko‘radi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News