
- 0
- 27.06.2026 16:39:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaning ma’lum qilishicha, mazkur masala deputatlar va senatorlar bilan muhokama qilingan. Qonun loyihasi tayyorlangach, u jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi.
Vazirning ta’kidlashicha, bolalarni telefondan butunlay voz kechishga majburlashning imkoni yo‘q, biroq ularda undan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhim. Shu sababli 16 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun bilan cheklash taklif etilmoqda.