Qashqadaryoning tog‘li qishloqlarida qor yog‘di

Qashqadaryoning tog‘li qishloqlarida qor yog‘di
  • 2
  • 05.04.2023 09:16:00
  • 1 daq o'qish

Viloyatning Shahrisabz, Dehqonobod va yana bir qator tumanlarida baland tog‘larda qor yog‘gan.

Bugun, 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida qor yog‘di. Jumladan, Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘ida yog‘gan. Bu haqda Kun.uz’ga shu qishloqda yashovchi Zafarjon Najmiddinov xabar berdi.

Shuningdek, viloyatning Dehqonobod tumani Guliston mahallasida bugun tunda qor yog‘ib, yerlar oppoq tus olgan.

«Hisor» davlat qo‘riqxonasi xodimlarining xabar berishicha, qo‘riqxona hududida joylashgan tog‘larga ham yog‘ingarchilik qor ko‘rinishida tushgan.

Bundan tashqari, kecha, 4 aprel kuni Shahrisabz tumanining tog‘li hududidagi Sarchashma qishlog‘ida ham qor yog‘ib o‘tgandi.Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» 5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi borligi haqida ma’lum qilgandi. Ana shu yog‘ingarchiliklar baland tog‘larda qor ko‘rinishida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News