Janubiy Afrikada qor yog‘di — fotoreportaj

Janubiy Afrikada qor yog‘di — fotoreportaj
  • 11
  • 11.07.2023 07:36:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Afrika Respublikasining g‘arbiy qismiga Antarktidadan sovuq havo massalari kelishi bilan Afrika janubida qor yog‘di. Ma’lum qilinishicha, G‘arbiy Keyp provinsiyasining turli hududlarida 10 soatdan davomida qor yog‘moqda. 2023-yil avvalgilaridan farqli o‘laroq, nafaqat tog‘li hududlarda, balki viloyatning ko‘plab shahar va tumanlarida qor yog‘di.Yoxannesburg va Pretoriyada havo harorati nol darajadan pastga tushgan. Meteorologiya xizmati yaqin soatlarda mamlakat janubi-sharqidagi KvaZulu-Natal provinsiyasida qor yog‘ishi kutilishi haqida ogohlantirgan. Yo‘llarni muz qopladi, rasmiylar haydovchilarni o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.

Janubiy Afrika Respublikasi janubiy yarimsharda joylashgan bo‘lib, u yerda qish iyul oyining o‘rtalarida eng yuqori darajaga yetadi. Hozirgi sovuq Afrika janubiga Antarktidadan kelgan.

“Biz oxirgi marta bunday ob-havoni 2012-yilda ko‘rgan edik”, — deydi JAR meteorologiya xizmatining katta sinoptikchisi Puseletso Mofokeng.

Manba: daryo.uz

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News