
- 1
- 25.04.2025 12:42:00
- 1 daq o'qish
Kolorado universiteti olimlari Mars qadimda mo‘tadil iqlimga ega bo‘lganini aniqladi. Ular kompyuter modellashtirish orqali sayyorada yomg‘ir va qor yog‘ganini, soy va daryolar oqganini ko‘rsatdi. Bu yog‘ingarchiliklar milliardlab yillar avval Mars yuzasida hozirgi kanal va vodiylarni hosil qilgan. Ko‘pchilik olimlar Mars yuzasida taxminan 4,1-3,7 milliard yil oldin ma’lum miqdorda suv bo‘lgan, degan fikrga qo‘shiladi. Ammo uning kelib chiqish manbasi aniq emas. O‘sha davrda Quyosh hozirgiga nisbatan atigi 75 foiz yorqinroq bo‘lgan va nazariyalardan biriga ko‘ra, Mars ekvatori atrofidagi tog‘li hududlarni qoplab yotgan muzli qoplamalar vaqti-vaqti bilan erigan. Natijalar NASA apparatlari ma’lumotlariga mos kelgan. Biroq Mars o‘sha davrda qanday qilib yetarlicha issiq bo‘lgani hali ham sirligicha qolmoqda.