SMS-xabaarnoma xizmati 1-martdan ikki baravar qimmatlashadi

SMS-xabaarnoma xizmati 1-martdan ikki baravar qimmatlashadi
  • 10
  • 21.02.2025 08:51:00
  • 1 daq o'qish

 Play Mobile kompaniyasi Uzcard milliy to‘lov tizimidan kiruvchi xabarlar uchun tariflar o‘zgarishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 1-martdan Beeline, Humans, Perfectum, Ucell, Mobiuz va UzMobile operatorlari mijozlari uchun 5800 raqamidan yuborilgan har bir SMS narxi 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshadi. Mazkur xizmat narxlari 2019-yilning iyulidan beri o‘zgarmagani, shu bilan birga, SMS-trafik hajmi 75% ga oshgani, bu esa “dasturiy-apparat majmuasiga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada oshirgani” ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Plum Technologies ham CardXabar Telegram-botining xabarnoma xizmatlari narxi oshayotganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News