
- 0
- 02.05.2025 13:05:00
- 1 daq o'qish
“Navoiy” EIZ direksiyasi hamda Rossiyaning “Pervoye opytno-konstruktorskoye byuro” kompaniyasi o‘rtasida uchuvchisiz samolyot tipidagi uchish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolandi. Loyiha qiymati — 30 million dollar. Loyiha doirasida “Navoiy” EIZda kelgusi 3 yilda 100 ta samolyot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ilk samolyot 2025-yil oktabr oyida taqdim etiladi. Ishlab chiqarilgan samolyotlar ichki bozordan tashqari xorijga ham eksport qilinishi rejalashtirilgan.
“Pervoye opytno-konstruktorskoye byuro” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan SP-30 yengil, 2 o‘rinli samolyotlari asosan qishloq xo‘jaligi, o‘quv va sayyohlik parvozlari uchun mo‘ljallangan. Bunday turdagi samolyotlar 100 ot kuchiga ega bo‘lib, tezligi 150 km/soatgacha yetadi.