Sixli somsa

  • 9
  • 18.04.2024 14:33:00
  • 1 daq o'qish

✨Hayit dasturxoningiz uchun Sixli somsa retseptini taqdim etamiz.

🥩Masalliqlar:

3 ta tuxum;
200 gr smetana;
300 gr un;
200 gr sariyog‘;
Razrixlitel;
300 gr qiyma;
1 dona piyoz;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni smetanaga razrixlitel solib aralashtirib olishdan boshlaymiz.
So‘ngra  3 ta tuxumni chaqib solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Un va sariyog‘ni yaxshilab aralashtirib olamiz.
Va smetanali massani qo‘shib xamir qorib, 30 daqiqaga olib qo‘yamiz.
Qiyma va piyozni tuz va ziravorlar solib aralashtiramiz.
Tingan xamirni yupqaroq qilib yoyib aylana shaklida kesib olamiz.
Qiymali massamizni kesilgan xamirga solib dumaloq qilib tugib olamiz.
Somsalarni uchta qilib teramiz va sixga terib chiqamiz.
Duxovkada 180 gradusda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News