2027-yildan O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda vaziyatlar markazlari tashkil etiladi

2027-yildan O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda vaziyatlar markazlari tashkil etiladi
  • 3
  • 12.09.2026 13:48:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2027-yildan O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida vaziyatlar markazlari tashkil etilishi ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, ushbu markazlar oliygohlar va talabalar yotoqxonalariga kirib-chiqish hamda talabalar davomatini onlayn kuzatish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishni nazorat qiladi.
Hozirda, Toshkentning Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida faoliyat yuritayotgan Vaziyatlar markazi orqali 75 mingga yaqin talabaning, jumladan, yotoqxonalarda yashovchi 17,5 ming nafar yoshning xavfsizligi nazorat qilinmoqda.
Yig‘ilishda mazkur tajribani 2026-yil yakunigacha Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, 2027-yilda esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish vazifasi belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News