
- 5
- 27.11.2024 15:07:00
- 1 daq o'qish
Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 30 ga yaqin sayt bloklanganganini ma’lum qildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash boʻyicha AOKAga takliflar kiritilgan boʻlib, shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni onlayn o‘tkazishga hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Mazkur farmon mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan.