
- 0
- 06.07.2026 11:28:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonning tarixiy ilk Mundialidagi gollari mualliflari — Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullayev, shuningdek O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga “B.A. Holding” tomonidan elektromobillar sovg‘a qilindi. Futbolchilarga topshirilgan avtomobillar XPENG X9 rusumidagi premium krossoverlar bo‘lib, O‘zbekiston bozorida ularning narxi komplektatsiyasiga qarab 800 million so‘mdan qariyb 1 milliard so‘mgacha baholanadi. Qayd etilishicha, ushbu sovg‘alar futbolchilarning mamlakat futboli rivojiga qo‘shgan hissasi va erishgan yutuqlarini e’tirof etish maqsadida topshirilgan.