
- 0
- 10.09.2025 07:44:00
- 1 daq o'qish
Birinchi Prezident Islom Karimov vafotining 9 yilligi munosabati bilan Lola Karimova-Tillyayeva jtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, “O‘zbekiston Suriyaga aylanmagan bo‘lsa, bu otamning dono siyosati sabab”, deya ta’kidlagandi. Bu fikrga javoban O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja Karimov davridagi xatolarni eslatib, “qichimagan joyni qashlamaslik” kerakligini ta’kidladi. Bu fikr ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Karimova esa unga javoban: “Tinch turgan baloni qo‘zg‘atma”, dedi.