Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga bordi
  • 6
  • 18.04.2024 16:42:00
  • 1 daq o'qish

18- aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrif buyurdi. Dushanbe aeroportida O‘zbekiston prezidentini Tojikiston rahbari Imomali Rahmon kutib oldi.

“Qasri Millat” davlat qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi va Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi.

Tashrif dasturida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda Made in Uzbekistan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News